VAShINGTON, 16 okt — Sputnik. AQSh Mudofaa vazirligi harbiy samolyotlaridan shimoliy Suriya hududiga tashlangan qurol-aslaha kimga tekkanini aytdi. Amerika samolyotlaridan tashlangan qurol–aslahani faqat terrorchilar bilan kurashayotgan “arab guruhlari” olganligini, qurdlar olmaganini aytishdi, RIA Novosti xabari asosida.
Petagon matbuot kotibi Piter Kuk xabariga ko‘ra, AQSh koalitsiyasi harbiy-transport samolyotlari yakshanba kuni Suriya shimolidagi Xasaka viloyatida 50 tonna qurol-aslaha tashladi. Uning fikricha, ushbu yuklarning bir qismi qurd qurolli guruhlariga tekkan. Turkiya, o‘z o‘rnida, buni qattiq qoralamoqda.
“Osmondan tashlangan qurol-aslahalarni arab guruhlari oldi. Ularning rahbarlari oldidan tekshirilgan. Ushbu guruhlar, hozir Suriyada IGga qarshi kurashayotgan piyoda qo‘shnlarning bir qismi”, — deb RIA Novostiga xabar berdi Pentagon vakili, qurdlar haqida hech narsa demasdan.
Hozirgi kunda qurdlar Iroq va Suriyada IDga qarshi janglar olib bormoqda. IRoqda ular ba’zan AQSh va uning ittifoqchilaridan harbiy yordam olmoqda. Rossiya ham qurdlarga rasmiy Bog‘dod so‘rovi asosida yordam bermoqda.
Hududida bir necha million qurdlar yashaydigan Turkiya bir tomondan AQSh ittifoqchisi, ikkinchi tomondan qurol-yarog‘, Turkiyada terrorchilikda ayblanayotgan, “Qurdiston jangovor partiyasiga” tegishi mumkin deb xavotirlanadi. Turkiya bosh vaziri Axmet Dovuto‘g‘li, Chorshanba kuni Ankara Vashington va Moskvani Suriya qurdlariga harbiy yordam berish mumkin emasligi haqida ogohlantirganini aytdi. Moskva bunga javoban, harbiy yordam ko‘rsatilmayotganligini aytishdi.
Oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh tomonidan “Ozod Suriya armiyasiga” berilayotgan qurol-yarog‘, oxir oqibatda, yana ID terrorchilari qo‘liga tushib qolishidan xavotir bildirgandi.