Bangladesh O‘zbekiston paxtasining eng yirik xaridori

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishPaxta qabul kilish punkti
Paxta qabul kilish punkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xabariga ko‘ra o‘zbekiston paxtasining asosiy xaridorlari avvalgidek - Bangladesh, Xitoy, Janubiy Koreya va Eron bo‘lib qolmoqda.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan XI Xalqaro o‘zbek paxta yarmarkasida so‘zga chiqarkan Cotton Outlook xalqaro agentligi  boshqaruvchi direktori Rey Batler Bangladesh O‘zbekiston paxtasining 30%ni sotib olib eng yirik xaridor ekanligini ta’kidladi.

Ekspertning so‘zlariga qaraganda butun dunyoda paxta iste’moli kamayib bormoqda. Bugungi kunda paxtaning asosiy iste’molchisi, yiliga 1 mln tonnadan ortiq paxta qayta ishlayotgan — Xitoy.

“O‘zbekiston paxtasining sifati yuqori va narxi maqbul bo‘lganligi uchun Bangladeshdagi korxonalar tomonidan talab katta. Oxirgi vaqtlarda ushbu mamlakatda to‘qimachilik sanoatining ildam rivojlanishi natijasida paxta xom-ashyosiga talab katta”,  — dedi Batler.

Ekspertning so‘zlariga qaraganda yetishtirilayotgan paxta tolasining 40% respublika ichida qayta ishlanmoqda. Bu esa besh yil avvalgidan ikki barobar ko‘p. 2020-yilda ushbu ko‘rsatkichni 60% ga  yetkizish ko‘zda tutilgan.

Oxirgi 10-yil davomida Bangladesh respublikasi to‘qimachilik dunyosida Xitoydan keyin ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bugungi kunda Bangladeshda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmi Xitoy paxta mahsulotning 80% ga tenglashdi. Ustiga ustak Bangladeshda paxta mahsulotlari bozori yiliga 10-15 %ga o‘sib boormoqda.

Cotton Outlook 80-yil davomida paxta yetishtirish sohasida ma’lumot yig‘ish va uni analiz qilish bilan shug‘ullanandi. Tashkilot rahbari va xodimlari paxta savdosi sohasida hech qanaqa shaxsiy qiziqishga ega emas. Oxirgi 40-yil davomida kompaniya jahon bozorida taklif qilinayotgan paxta tolasi narxlari indeksi — Cotlook A Index ni hisoblash va chop etish bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0