Eng ko‘p shikoyat kommunal xizmatlar ustidan tushmoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKo‘p xonadonli uylarda issiqlik radiatori o‘rnatish
Ko‘p xonadonli uylarda issiqlik radiatori o‘rnatish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat raqobat qo‘mitasiga murojaatlar ko‘payishi - O‘zbekiston hukumati iste’molchilik madaniyatining o‘sishi va jamiyat o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarining ishga tushishi belgisi.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Davlat Raqobat qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, ushbu tashkilotga yo‘llangan shikoyatlarning katta qismi kommunal xizmatlar sohasiga tegishli deyilmoqda.

Umumiy shikoyatlarnig 58% — kommunal xizmatlar sohasi ishiga, 19% — savdo-sotiq va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatiga, 9% — transport sohasi va 13% — qolgan sohalarga tegishli.

Oxirgi 9 oy mobaynida qo‘mitaga 3,6 ming aholi murojaat qildi. Ko‘mita xabariga ko‘ra, barcha shikoyatlar tekshiruvdan o‘tkazildi.

4,9 ming iste’molchilar qabul qilindi, ulardan 3,2 ming kishi gaz ta’minoti, 1,5 ming kishi elektr ta’minoti va 117 kishi boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.

Kommunal xizmatlar sohasidagi muammolarni va aholi murojaatlarini tezkorlik bilan hal qilish maqsadida, muassasada ushbu sohalar bo‘yicha alohida mutaxassislar ishlaydi. Ularga har kim murojaat qilishi mumkin.

Undan tashqari O‘zbekiston fuqarolari, tumandagi Davlat raqobat qo‘mitasi ishi haqida markaziy Davlat raqobat qo‘mitasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega.

 

Yangiliklar lentasi
0