TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev Kaspiy dengizi tubining shimoliy qismida joylashgan tabiiy boyliklardan mustaqil ravishda foydalanish huquqlarini belgilovchi 1998-yilda qabul qilingan shartnomaga protokoliga o‘zgarishlar kiritishdi.
Oldinroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga xabar berganidek, ushbu hujjat “Markaziy” neft tuzimidan birgalikda foydalanish huquqlarini belgilaydi.
Putinning so‘zlariga qaraganada Rossiya va Qozog‘iston Kaspiy dengizida birgalikda neft qazib olish borasida rejalari katta.
Bugun Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti rezidensiyasiga keldi. U yerda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nursultan Nazarboyev Putinni saroy eshigi oldida kutib oldi. Ular birgalikda tantanalar zaliga borishdi. Zalda ularni faxriy qorovul hamda Rossiya va Qozog‘iston delegatsiyalari kutib oldi. Orkestr Rossiya va Qozog‘iston madhiyalarini ijro etdi.
Prezidentlar o‘zaro uchrashuvda ikki taraflama munosobatlar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqinining rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ular Ukrainaga tegishli Minsk shartnomasini amalga oshirish masalalari hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi. Shu bilan birga Qozog‘iston “Islom terrorchilika qarshi” shiori ostida forum tashkil qilishni taklif qildi.