TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Amerika hukumati Dmitriy Medvedev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qilishni rad etdi, deb xabar berdi Rossiya TIV Sergey Lavrov.
Medvedev AQShda terrorchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan edi.
“Biz AQSh delegatsiyasini jo‘nata olmaymiz, shuning uchun Rossiya delegatsiyasini ham Vashingtonda qabul qilishning iloji yo‘q”, — deb AQSh javobini keltirdi Sergey Lavrov Davlat Dumasida so‘zga chiqarkan.
Oldinroq Lavrov, — AQSh hamma narsani o‘zining global liderligini ta’minlash uchun ishlatishga tayor, — degandi. Rossiya TIVi AQSh hukumati global maydonni faqat o‘zlarining g‘arb standartlarini o‘rnatish uchun tozalashga harakat qilayotganidan afsusda ekanligi aytgandi.