TOShKENT, 14 okt — Sputnik, Mariya Sheludakova. Sverdlovsk viloyati o‘lkashunoslik muzeyi fondida 1887-yilda general-leytenant Baranov tomonidan olib kelingan Amir Temur maqbarasiga tegishli bo‘lgan to‘rsimon panjarasining bir bo‘lagi topildi.
1868 yilda Chor Rossiyasining O‘rta Osiy kampaniyasi vaqtida general-leytenant Baranov boshchiligidagi batalion Samarqandga kirgan. Samarqandning shahrining bir qismi va Go‘r Amir mavzoleyi xaroba holda edi. Muzey xodimining so‘zlariga qaraganda, Samarqand shahri va shu jumladan Go‘r Amir mavzoleyi 18-asrda Eronlik Nodir shoh istilosi vaqtida buzilgan edi. Tarix bilan qiziquvchi general-leytenant Baranov, xarobalarda aylanib yurib, ushbu panjara bo‘lagini topgan va uni o‘zi bilan olib ketishga qaror qilgan.
“Panjara bo‘lagi qalinligi 10 santimetr, balandligi – 15 sm, uzunligi 50smdan uzunroq. Bu narsa haqiqiy va jahon tarixinng bir bo‘lagi”, — dedi Neuymin.
Muzey xodimining so‘zlariga qaraganda, topilgan narsa katta tarixiy qiymatga ega emas, chunki ushbu maqbara allaqachon o‘rganib bo‘lingan. Samarqand va Toshkentlik hamkasblarimiz u bilan qiziqishmadi. Go‘r Amir mavzoleyi 1950-yillarda ta’mirlangan vaqtda maqbara panjaralari ham yangitdan yasalgan.