OAV: Suriya armiyasi va minglab eron fuqarolari Allepoda hujumga tayorlanmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSuriya armiyasi tomonidan Atshan shahri ozod etilishi
Suriya armiyasi tomonidan Atshan shahri ozod etilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyaning Xoma viloyatida ayni damlarda harbiy operatsiya boshlanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 14 okt —Sputnik. Suriya armiyasi va Eronning "Xezbolla" tashkiloti Aleppo shahri yaqinida harbiy operatsiyaga tayorgarlik ko‘rmoqda, RIA novosti Reyter xabari asosida.

Xoma viloyatida o‘rnashib olgan jangarilar ustiga hujum yaqin vaqt ichida boshlanishi kutilmoqda.

“Bu maydonda jangga jiddiy tayorgarlik ko‘rilayotganligini tushunsa bo‘ladi”, — deydi mahalliy hukumat vakillaridan biri. Uning so‘zlariga qaraganda ID jangarilarga qarshi kurashda “Hukumat armiyasining barcha kuchlari, “Xezbolla” tashkilotning saralangan jangchilari va minglab eron ko‘ngillilari yordamga kelgan”.

Eslatib o‘tamiz Rossiya 30-sentabrdan boshlab, Suriya prezidenti Bashar Asad murojaatiga binoan, Suriyada hududida joylashib olgan “Islom davlati” harbiy inshootlariga “nuqtali” zarba berib kelmoqda. O‘tgan davar mobaynida Rossiya Havo-kosmik kuchlari 450dan ziyod zarbalar berdi. Ma’lumotlarga qaraganda 300 jangari, boshqaruv punktlari, qurol-yarog‘ omborlari va boshqa ko‘plab harbiy inshootlar yo‘q qilindi. Undan tashqari Rossiya Harbiy dengiz floti 26 qanotli raketa yordamida IDga muvaffaqiyatli zarba berdi.

Rossiya Bosh shtabi ma’lumotlariga qaraganda ID katta talofatlar ko‘rib, tinch aholi yashayotgan shahar va qishloqlarda, machitlarda yashirinib olishgan. Suriya armiyasi bilan to‘qnash chiziqda

ID qurollarining katta qismini yo‘q qilindi. ID jangarilari orasida parchalanish va tarqoqlik boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0