Vladimir Jarixin: Suriyadagi vaziyat MDH davlatlariga albatta ta’sir qiladi

© Sputnik/Viktor Tolochko. MDH davlat rahbarlarining Minskdagi uchrashuvi
MDH davlat rahbarlarining Minskdagi uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert fikriga ko‘ra, Ostonada, MDH davlatlari sammitida Vladimir Putinn MDH rahbarlariga Suriyadagi harbiy operatsiya haqadi so‘zlab beradi.

TOShKENT, 14 okt— Sputnik. Qozog‘istonda 15-oktabrda MDH davlatlari rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tadi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Belorussiya, Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya rahbarlari unda qatnashishni tasdiqladi.

Burabay milliy bog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z hamkasblariga Suriyadagi “Islom davlati”ga qarshi qaratilgan harbiy operatsiya haqida so‘zlab beradi.

MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Jarixinning so‘zlariga qaraganda, Suriyadagi vaziyat Hamdo‘stlik davlatlariga bevosti ta’sir qiladi.

“Suriyadagi vaziyat O‘rta Osi davlatlariga bevosita ta’sir qiladi. O‘rta Osidagi vaziyat esa Rossiyaga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun Suriyadaga vaziyat MDH davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Misol uchun Suriyadan Armanistongacha bor yo‘g‘i 400 kilometr. Bu deja yaqin”, — deb tushuntirdi Jirixin.

Sammitda Suriya mavzusi eng zarur mavzulardan biri bo‘lib qoladi. MDH davlatlari rahbarlariga Vladimir Putindan Suriyadaga vaziyat qanday rivojlanatganligi va Rossiya IShIDga qarshi harbiy operatsiyani qanday davom ettirmoqchi ekanligi haqida eshitish juda foydali bo‘ladi.

Ekspertning so‘zlariga qaraganda davlat rahbarlariga ushbu ma’lumot hozirgi, dunyoda  qarama-qarshilk kesikinlashgan bir paytda, qarorlar qabul qilishga yordam berishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0