TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2015-yil to‘rtinchi choragida milliy aviakompaniyaga qo‘shimcha foyda solig‘i va mulk solig‘i to‘lovlari muddatini uzaytirishga ruxsat berdi, Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra.
Hukumat ushbu chorak davomida to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqni 2016-yilda bo‘laklarga bo‘lib to‘lashga ruxsat berdi. Shu bilan bir vaqtda, kompaniya O‘zbekiston aeroportlarida aviatsiya kerosini quyishdan oladgan foyda solig‘idan butunlay ozod qilindi.
Oldin ushbu mablag‘lar Nafaqa fondiga, Respublika yo‘l fondi, shifoxonalar, litsey, kollej va o‘rta maktablarni remont va rekonstruksiya, hamda qayta jihozlash fondlariga o‘tkazilar edi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, ushbu qaror birinchi navbatda uchish texnikasi uchun olingan kreditlarni o‘z vaqtida to‘lash maqsadida qabul qilingan. 2016 Kompaniya ikkita eng yangi Boeing 787 Dreamliner samolyoti sotib oladi.
Undan tashqari ushbu yilning birinchi yarmida kompaniya daromadi biroz kamaydi. Bunga bir qancha sabablar bor, ular orasida global bozordagi umumiy beqarorlik, Rossiyada Dollar va Yevro kursining keskin o‘sishi natijasida ushbu yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining kamayishi va boshqa bir qator sabablar.
Kompaniya uchun qo‘shimcha daromad manbai, Navoiyda ochiladigan intermodal logistik xab* bo‘lishi mumkin.
* yo‘lovchilar va yuklarni taqsimlash, uzoq yo‘nalishlarga uchuvchi samolyotlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi, frankfurt aeroportiga o‘xshagan