TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Toshkentlik yigit yaxshi ko‘rgan qizini minglab atirgullardan tuzilgan guldasta bilan xursand qildi. Bunday ajoyib sovg‘a qilish fikri romantik yigitga, hoynahoy, “Million alix roz” qo‘shig‘i tufayli kelgan bo‘lsa ajab emas. Ushbu ulkan guldastani sovg‘a qilish uchun evakuator va bir nech yigitlar yordami kerak bo‘ldi.
Ushbu buketni olib ketayotgan evakuator surati facebookda “Voditeli Tashkenta” guruhida shanba kuni paydo bo‘ldi va albatta qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Muhakamalarning asosiy mazmuni uch guruhga bo‘lindi.
Birinchi guruh – janob amaliyotchilar bo‘lib ular, “voy-bo‘y buncha gulni o‘rniga restoranga/chet el sayoxatiga oborsa bo‘lmasmidi, oqshom ko‘chada qoladi" va shunga o‘xshash fikrlarni aytishdi.
Ikkinchi guruh – janob hech kimga ishonmaydiganlar bo‘lib, ular “ikki soatdan keyin bu gullar aniq bozorga qaytadi”, — deb ishonch bildirishdi.
Va nihoyat, uchinchi guruh – romantiklar bo‘lib, ular ko‘pchillikni tashkil qildi. Umumiy qilib aytganda ularning fikri shunday “E yashavor yigit, malades! Haqiqiy erkak ayollarni baxtli qilish uchun hech narsa ayamaydi”, — degan gaplarni aytishdi.
Qaysi guruhga qo‘shilish sizning ixtiyoringizda qoldiramiz. Nima bo‘lganda ham, “tanqid qilish oson”ligini unutmang.
Bizning-cha, u baxtli qiz uchun, bu bir umrga unutilmas sovg‘a bo‘ldi. Qolaversa, duch kelgan yigit ham bunday sovg‘a qilavermaydi.
Bu kabi beboshliklar, albatta, hayot ko‘rki deyishga arziydi. Ular kuz kunlarini bir zumga bo‘lsa-da, bahorga aylantirishga qodir. Sizlarga ham hayotingizda unutilmas damlar tilab qolamiz.