Uch o‘zbek bokseri Doxada JCh finaliga chiqdi

© FotoliaBokserlar jangi
Bokserlar jangi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltin medal uchun birdaniga uch o‘zbek bokseri kurashadi – Murodjon Axmadaliyev, Fazliddin G‘oyibnazarov va Bektemir Meliqo‘ziyev. Ular finalda Irlandiya va Kubaliklar bilan uchrashadi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qatar poytaxtida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon Chempionati finaliga uch o‘zbek sportchisi chiqdi. Murodjon Axmadaliyev, Fazliddin G‘oyibnazarov va Bektemir Meliqo‘ziyevlar yarim finalda raqiblarini yengib keyingi bosqichga o‘tdi, deyilgan musobaqa rasmiy saytida.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan jangda, 56kg vazn toifasida qatnashayotgan Axadaliyev Hindistonlik Txapu Shivani 3:0 hisobida yengdi. 64 kg vazn toifasida qatnashayotgan G‘oyibnazarov Tailandlik Vuttichai Masukani xuddi shunaqa, 3:0 hisob bilan yengdi. 75 kg vazn toifasida qatnashayotgan Meliqo‘ziyev Irlandiyalik Mayklom O'raylni 2:1 hisobda yengdi.

Finalda Axmadaliyev Irlandiyalik Maykl Konlan, G‘oyibnazarov Kubalik Yasniera Toledo va Meliqo‘ziyev ham Kubalik Arlenu Lopesu bilan bellashadi.

Bugun, dushanba kuni, finalga chiqish uchun yana uch O‘zbekistonlik sportchilar bellashuv o‘tkazadi: Elnur Abduraimov (60kg), Elshod Rasulov (81kg), Bahodir Jalolov (91kg).  

Yangiliklar lentasi
0