Qirg‘iziston Mudofaa vaziri ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevQirg‘iziston Mudofaa vaziri Abibilla Kudayberdiyev
Qirg‘iziston Mudofaa vaziri Abibilla Kudayberdiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus xizmatlar ma’lumotiga qaraganda, Mudofaa vaziri budjet mablag‘larini o‘zshlashtirishda ayblanmoqda.

 

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qirg‘iziston mudofaa vaziri Abibilla Kudayberdiyev ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, Sputnik Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabari asosida.

Maxsus xizmatlar xabariga ko‘ra, Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan budjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish bo‘yicha poraxo‘rlik tizimi aniqlangan.    

Qirg‘iziston DMXQ xabariga ko‘ra 2014-yilning avgust oyida Mudofaa vazirligi buyrug‘i bilan, GP "Asker Kurulush" qurilish kompaniyasiga, noqonuniy ravishda 12 million Som ajratib berilgan.

Ushbu mablag‘ davlat nazoratiga noto‘g‘ri ma’lumotlar berish yo‘li bilan berkitilib, Mudofaa vazirligi va GP "Asker-Kurulush" kompaniyasidagi ba’zi bir kimsalarning shaxsiy manfaati yo‘liga ishlatilgan, deyilgan qo‘mita xabarida.     

GP "Asker-Kurulush" kompaniyasida ishlovchi haydovchi, santexnik va sex masterlari nomiga bir necha yangi korxonalar ochilib ularning hisobiga ko‘rsatilgan mablag‘lar ko‘chirilgan.  

Ministr va yana bir necha kishilar ustidan, Qirg‘iziston jinoyat kodeksining mansabini suiiste’mol qilish, firibgarlik, davlat mulkini o‘zlashtirish kabi moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0