Belorussiya markaziy saylov qo‘mitasi: saylovda Lukashenko g‘olib chiqdi

© BelTA / Mediabankka o‘tishBelorussiya prezidenti saylovi
Belorussiya prezidenti saylovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov qo‘mitasining dastlabki xabarlariga ko‘ra, saylovda Lukashenko 80% dan ko‘p ovoz olgan holda g‘olib chiqdi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Belorussiyada yakunlangan saylovda, hozirgi prezident Lukashenko g‘olib chiqdi. Unga 80% dan ziyod saylovchilar ovoz berdi, Sputnik Belarus xabari asosida.

Respublika hududidagi saylov uchastkalari soat 20:00 da yopildi. Belorussiya Markaziy saylov qo‘mitasi raisi Lidiya Yermoshinaning so‘zlariga qaraganda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi prezident 89% ovozlarga ega bo‘lgan. Aniq hisob natijalari dushanba kuni e’lon qilinadi.

Saylovda, amaldagi prezidentdan tashqari, Liberal demokratik partiya rahbari Sergey Gaydukevich, Patriotlar partiyasi raisi Nikolay Ulaxovich va “Haqiqatni gapir” kampaniya faoli Tatana Korotkevich qatnashdi. Undan tashqarisaylov buyulitenida – hammaga qarshi ovoz berish imkoniyati ham bor edi.

Saylov tinch, qoidabuzarliklar bo‘lmagan holda o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0