Nigina Xartnett Rossiyaning "Tansi" ko‘rigida Toshkent nomidan qatnashdi

© YouTube"Tansi na TNT" ko‘rigi qatnashchisi Nigina Xartnett, Uzbekistan vakili
Tansi na TNT ko‘rigi qatnashchisi Nigina Xartnett, Uzbekistan vakili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nigina TNT telekanalidagi ushbu shou ko‘rigidan o‘tgan O‘zbekistonning ikkinchi vakili. Biroz oldin Anora Xalmatova haqida xabar bergandik.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Nigina Xartnett Rossiya teleshou ko‘rigidan o‘tgan O‘zbekistonlik ikkinchi qatnashchi, deb xabar berdi «Tansi na TNT» televizion dasturi o‘z saytida.

19 yoshli hozir Moskvada yashayotgan Nigina, ushbu ko‘rikda o‘z ona shahri Toshkent vakili sifatida qatnashdi. Uning raqsida sharqona, o‘zbekcha raqs uslubi zamonaviy xip-xop uslubi bilan bog‘lanib ketgan.

Qizig‘i shundaki, raqqosaning bunday g‘oyasini tushunmagan juri a’zolaridan biri avval uning raqsini to‘xtatdi, lekin Nigina ikkinchi qismi ham boriligini aytib, raqsini yakunlashga ruxsat so‘radi. Raqs yakunlangach hakamlarning fikri o‘zgardi. “Menda hech qanaqa da’vo yo‘q, sen qatnashchilar orasidasan!” — dedi Sergey Shestepperov (Migel).

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekistonlik Anora Xalmatova ham ushbu konkursda tanlovdan o‘tgan edi. U “gilam” nomli sharqona raqs ijro etgib tomoshabinlarni hayratga solgandi.

TNT telekanalida "Tansi na TNT" nomli konkurs bir necha yildan beri o‘tkaziladi. Hakamlar hay’ati 10 ming qatnashchilar orasidan282 kishini tanlab olishadi. Keyin qatnashchilar soni bosqichma-bosqich tanlov natijasida qisqartirib boriladi. Tanlov teletomoshabilar bergan ovozga qarab olib boriladi. G‘olibga 3 million rubl evaziga sovg‘a va albatta, taniqli tele ko‘rsatuvlardan biriga kelajak ish uchun taklifnoma beriladi.

Yangiliklar lentasi
0