Konserva qilingan Toshkent palovi Rossiya bozoriga chiqmoqda

© Sputnik / StringerKonserva qilingan Toshkent palovi
Konserva qilingan Toshkent palovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda sotilatgan ushbu palov, endi Rossiya bozoriga chiqmoqda.

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Dong‘i ketgan Toshkent palovini, yaqin kunlar ichida Rossiyada tatib ko‘rish mumkin, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda, yaqinda paydo bo‘lganiga qaramasdan, ushbu palov anchagina shov-shuvga sabab bo‘ldi. Uni ishlab chiqarish 2015-yilning yanvar oyida boshlangan edi.
Zavod vakilining aytishiga qaraganda “Zavod ochishdan avval, albatta, biroz ikkilandik, chunki konserva qilingan palov – O‘zbekiston uchun birmuncha bebosh fikr, albatta. Uni xaridorlar qanday  kutib olar ekan degan xavtirilar bor edi, chunki bizda har qadamda haqiqiysi pishiriladi.”

O‘zbekistonda birinchi konserva qilingan palov ishlab chiqarish poytaxtning Sergeli tumanida ishga tushirildi. Hozirgi kunda ushbu zavod qudrati — oyiga bir million banka.

Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, ushbu oshning retsepti ham judda muhim masala edi. O‘zbekistonda palovning yuzdan ziyod retsepti bor. Toshkent to‘y palovi ular orasida eng ommavilaridan biri, dedi u.

“Biz albatta ushbu palov pishirish texnologiyasini to‘liq tasvirlab bera olmaymiz, chunki bu bizning nou-xau. Lekin umumiy qilib aytganda shunday — bir buruh oshpazlar 120 kilogrammli qozonlarda, eng yaxshi mahsulotlardan, osh pishiradilar”, dedi suhbatdosh.

Keyin ushbu osh ishlab chiqarish tizimi orqali 335 va 670 grammli bankalarga joylanadi. Uning saqlash muddati ikki yil. Uning asosiy xaridorlari chet ellik mehonlar, turistlar va chet el bozorlari.

“Kompaniya ushbu mahsulotni birinchi navbatda eksport uchun mo‘ljallagan. Biz allaqachon Qozog‘istonga sinov uchun 60 ming banka mahsulot yetkizib berdik. Hozir Rossiya bilan faol muzokaralar olib bormoqdamiz”, dedi zavod vakili.

Biroz oldin kompaniya vakillari Moskvada bo‘lib o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasida qatnashdi. U yerda ushbu mahsulotga qiziqish juda katta bo‘ldi. Asosan Moskva, Uzoq Sharq va Sibir regionlarida.

Hozir ushbu mahsulotni Moskva, Vladivostok hududlariga yetkizib berish uchun faol muzokaralar oli borilmoqda. Xitoy va Eron bozorlari ham ushbu mahsulot bian qiziqmoqda.

Kompaniya o‘z mahsulotlar qatorini boshqa o‘zbek milliy taomlari bilan kengaytirish niyatida. Lekin aynan qaysi taom evaziga ekanligi, hozircha sir. Yangi taomlar kelasi yil boshida paydo bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0