TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar huquqni saqlash organlari xodimlari shahar o‘rta maktabda dars beruvchi ikki o‘qituvchi ayolni “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti varaqalarini tarqatganliklari uchun qo‘lga oldi, O‘zbekiston IIVdagi manbaa xabar berishiga ko‘ra.
Manbaaning so‘zlariga qaraganda, militsiya xodimlari qidiruv paytida “Islom davlati” terorrchilik tashkilotiga tegishli bo‘lgan davlat hukumatini to‘ntarishga undovlar yozilgan varaqalar topildi.
“Ayollar, Qo‘qon politsiya bo‘limlarining biriga qilingan qo‘ng‘iroqdan keyin qo‘lga olindi. Hozirgi paytda ularga nisbatan tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, — dedi suhbatdosh.
“Islom davlati” terrorchilik guruhi, hozirgi kunda dunyo tinchligiga tahdid solayotgan asosiy xavf bo‘lib qolmoqda. Uch yil davomida terorrchilar Suriya va Iroqda katta hududlarni egallab olishga muvaffaq bo‘ldilar. Undan tashqari ular shimoliy Afrikaning Liviya davlatida ham o‘z ta’sirlarini o‘tkazmoqdalar.