O‘zbekiston jamoasi Bahraynni yengdi

© fotoliaFutbol to‘pi
Futbol to‘pi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bahraynni 4:0 hisobda yengib guruhda 2chi o‘ringa chiqdi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Kecha Bahraynda bo‘lib o‘tgan JCh-2018 saralovchi o‘yinida O‘zbekiston jamoasi Bahraynni yirik hisob bilan yengdi.

Biririnchi taymda jamoalar faol xarakatiga qaramay, o‘yin ko‘proq maydon markazida bo‘lib o‘tdi. Ikkala darvoza yaqinida ham bir-ikki xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Bir narsani aniq aytish mumkin ediki, mezbon jamoa juda qo‘pol o‘yin olib bordi — 8-marta fol oldi. Mehmonni ham shunaqa kutib oladimi…

Umuman birinchi taymda esda qolarli yagona vaziyat 35 minutda bo‘ldi. To‘p Odilda, Odil Sardorga uzatdi, Sardor yana Odilga, Odil Serverga, Server darvozaga yo‘lladi. Lekin uning zarbasini darvozabon qaytardi. To‘p Bikmayev og‘i ostiga kelib tushdi, lekin uning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi, yumshoq qilib aytganda…

Tanaffus paytida Babayan yangi strategiya ishlatishga qaror qildi shekilli, O‘zbekiston jamoasi ikkinchi taymda birin ketin samarali hujumlar o‘tkaza boshladi. Natijada 52 minutda Sergeyev jarma tupidan keyin hisobni ochdi.Gool! Birinchi goldan ilhomlanib ketgan jamoa hujumni yanada kuchaytirdi. 56 minut, to‘pni Server Odilga uzatdi, to‘p biror noqulay kelib tushgan bo‘lsada, Odil uni to‘ppa-to‘g‘ri darvozaga yo‘ladi. Gool! 2:0. 67 minutda Sardor Rashidov to‘pni darvozaning uzoqdagi burchagiga aniq yo‘lladi. Darvozabon uni tuta olmadi. Natijada yana bir goool!!!  

O‘zbekiston jamoasida o‘zgarishlar bo‘ldi, maydonga Hasanov va Shomurodovlar tushishdi. Ular yangi kuch va yangi g‘ayrat bilan hujumni boshlashdi. 95 minutda Shomurodov Hasanov uzatgan to‘pni darvozaga aniq yo‘ladi va gool! Ana endi hisob 4:0, haqiqiy g‘alaba!

Shunday qilib O‘zbekiston jamoasi JCh-2018 turniri saralovchi o‘yinlarida o‘z guruhida 9 ochko bilan ikkinchi o‘ringa chiqdi. Birinchi o‘rinda Shimoliy Koreya.

Yangiliklar lentasi
0