Me’mor Shusev va Navoiy teatri

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri va Shusevning boshqa ishlaridan fotolavha.

Bugun 8-oktabr kuni Aleksey Viktorovich Shusev tavallud topganiga 142-yil bo‘ldi. Shusevni esga olishimiz sababi — u Toshkent ko‘rki bo‘lgan O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrining me’mori.

O‘tgan asrning 20-30 yillarida O‘zbekistonda teatr rivojlanishi natijasida, respublika rahbariyati  O‘zbekiston uchun yangi, zamonaviy, teatr san’atining ko‘p yillik rivojlanish istiqbollariga mos keladigan teatr binosi qurishga qaror qildi

Ushbu munosobat bilan Sovet Ittifoqining yetuk me’morlari orasida teatr binosi qurish uchun konkurs e’lon qilindi. Konkurs shartlaridan biri bu taklif qilingan loyhalarni gazetalarda chop etib jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilish edi.

Konkursda o‘sha davrlarda Sovet Ittifoqida yetuk arxitektorlardan biri bo‘lgan Aleksey Viktorovich Shusev loyhasi g‘olib chiqdi. Ushbu loyha teatr binosidan talab qilingan barcha funksional imkoniyatlar va milliy me’morchilik an’analariga javob beradigan deb topildi.

Shusev 1873-yilda Kishinev shahrida, dvoranlar oilasida tug‘ildi. 1891 —1897 yillarda Shusev Sankt-Peterburgdagi Oliy tasviriy san’at maktabida, Benua v Repin kabi mashhur murabbiylar qo‘lida o‘qidi.  

Oliy maktabni bitirgach, Shusev arxeologik ekspeditsiya tarkibida Samarqandga borib Go‘r Amir mavzoleyi va Bibi Xonim masjidi xarobalarini o‘rgandi. Ushbu safar Shusevda juda katta taasurot qoldirdi. 

Shusev Chor Rossiyasi va Sovet Ittifoqi davrida ko‘plab taniqli binolar arxitektori bo‘ldi. Ular orasida Moskvadagi Qozon vokzali binosi, Narkomzem binosi, “Komsomolskaya” metro bekati va hatto Lenin mavzoley binosi bor.

Toshkentdagi opera va balet teatri binosini loyhasida Shusev, Samarqanddagi safari chog‘ida chizgan eskizlaridan keng foydalandi. Teatr binosi qurilishi 1939-yilda boshlandi. 1942-yilda urush tufayli qurilish to‘xtatildi, lekin 1944-yilda qurirlish ishlari yana davom ettirildi.   

1945 yilda Toshkentga Yaponiyanig Kvantun armiyasi harbiy asrlari olib kelindi. Ular Navoiy teatri qurilishining oxirgi bosqichida qatnashishdi. Teatr binosini ichki va tashqi pardozlash ishlarida o‘sha davr O‘zbek xalq rassomlari Usto Shirin Murodov, Xudoyberganov va Boltayevlar katta hisa qo‘shdi.

Avtor fikri bo‘yicha, teatrning har bir yon foyesi, O‘zbekistonning turli viloyatlariga mansub, o‘z bezatish uslubiga ega. Toshkent zali, Buxoro zali, Xorazm zali, Samarqand, Farg‘ona va Termez zallari shular jumlasidan.

Misol uchun Buxoro zalini bezatish uchun ustalar, ganchni kesib, oyna ustiga yopishtirish uslubidan foydalanishdi. Ushbu uslub Buxoro amiri saroyini bezatishda qo‘llanilgan. Xorazm zali ushbu hududga mansub bo‘lgan, yog‘och o‘ymakorligi naqshlarini takrorlovchi ganch naqshlari bilan bezatilgan. Teatr foyelari Alisher Navoiy asarlari sahnalari va O‘zbekiston tabiati manzaralari bilan bezatilgan. Rasmlar avtorlari usha davr O‘zbekiston yetuk rassomlari Axmarov va Tatevosanlardir.

Teatr binosi qurib bitkazilgandan keyin, arxitektor Shusevning taklifi bilan bino oldida fontan qurildi. Ushbu teatr binosi va fontan yakunlangan me’morchilik ansamblini tashkil qilib poytaxtning ko‘rkiga aylandi.

Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Davlat akademik katta teatriga bag‘ishlangan foto lavhamizni tomosha qiling.  

 

© SputnikAlsher Navoiy nomli O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri
Alsher Navoiy nomli O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri - Sputnik O‘zbekiston
1/6
Alsher Navoiy nomli O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri
© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishQozon vokzali. me’mor - Aleksey Shusev
Qozon vokzali. me’mor - Aleksey Shusev - Sputnik O‘zbekiston
2/6
Qozon vokzali. me’mor - Aleksey Shusev
© Gosudarstvenniy muzey arxitekturi im. A.V. ShusevaQozon vokzali qurilishi. me’mor - Aleksey Shusev oldingi qatordi.
Qozon vokzali qurilishi. me’mor - Aleksey Shusev - Sputnik O‘zbekiston
3/6
Qozon vokzali qurilishi. me’mor - Aleksey Shusev oldingi qatordi.
© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishMoskva metrosining "Komsomolskaya" bekati. 55-yil avval qurib bitkazilgan. Me’mor Aleksey Shusev
Moskva metrosining Komsomolskaya bekati - Sputnik O‘zbekiston
4/6
Moskva metrosining "Komsomolskaya" bekati. 55-yil avval qurib bitkazilgan. Me’mor Aleksey Shusev
© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishMoskva, Qizil maydondagi Lenin mavzoleyi. Me’mor Aleksey Shusev
Moskva, Qizil maydondagi Lenin mavzoleyi. - Sputnik O‘zbekiston
5/6
Moskva, Qizil maydondagi Lenin mavzoleyi. Me’mor Aleksey Shusev
© Sputnik / Stanovov / Mediabankka o‘tishMe’mor Aleksey Viktorovich Shusev, Rossiya va Sovet Ittifoqi me’mori (1873-1949)
Me’mor Aleksey Shusev - Sputnik O‘zbekiston
6/6
Me’mor Aleksey Viktorovich Shusev, Rossiya va Sovet Ittifoqi me’mori (1873-1949)
Yangiliklar lentasi
0