TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Kaspiyskoy flotining 4 harbiy kemasi 26 raketa yordamida “Islom davlati”ning 11 harbiy istehkomiga zarba berdi. Terrorchilar hududidagi nishonlar yo‘q qilindi, tinch aholi zarar ko‘rmadi, deb xabar berdi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putin bilan uchrashuvda.
Ushbu zarbani amalga oshirishda Kaspiy dengizining 4 harbiy kemasi jalb qilingan. Ushbu kemalar “Kalibr” qanotli raketalari bilan jihozlangan bo‘lib ular 1,5 km uzoqlikda bo‘lgan nishonlarga zarba berdi. Bu ushbu raketalarning uzoq masofada joylashgan nishonlarga zarba berishda samardorligini yaqqol namoyish qildi, dedi Sergey Shoygu.