Moskva Toshkentga Suriyadagi harbiy operatsiya maqsadini tushuntirib berdi

© Sayt Minoboroni RFRossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov
Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi Abdulaziz Kamilov Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoly Antonov bilan uchrashdi, Rossiya Mudofaa vazirligi xabari asosida.  

Rasmiy vakillar regional va global xavfsizlik va hozirgi kun tahdid va chaqiriqlariga javob berish uchun kuchlarni birlashtirish masalalarini kelishib olishdi.

Antonovning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston va Rossiyaning harbiy va harbiy texnik hamkorligi regionda barqarorlikni saqlab qoluvchi zarur omil bo‘lib qolmoqda, O‘zbekiston Moskva uchun strategik hamkor bo‘lib qolmoqda. Mudofaa vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga qaraganda harbiy sohada muvofiqlashtirilgan hatti-harakatlar, O‘rta Osiyoda xavfsizlik va tinchlikni saqlash uchun kerakli zamin bo‘ladi.

Undan tashqari O‘zbekiston TIV iltimosiga binoan, rossiya tomoni Rossiya harbiy kuchlari tomonidan Suriyada o‘tkazilayotgan harbiy operatsiyaning maqsad va tabiatini tushuntirib berdi.

30 sentabrdan boshlab, Suriya prezidenti Bashar Asad ilimosiga binoan, Suriya hududida o‘rnashib olgan “ID” jangarilari pozitsiyalariga havodan zarba berishni boshladi. Ushbu zarbalar hujumchi Su-25, Su-24M, Su-34 va qiruvchi Su-30SM samoletlari yordamida hamda Kaspiy flotining kemalarining “Kalibr” qanotli raketalari yordamida amalga oshirilmoqda. Zarbalarning nishonga tegish aniqligi – 5 metr.

Oxirgi xabarlarga qaraganda, Rossiyaning Havo-kosmik kuchlari operatsiya boshidan buyon 112 zarba, Rossiya harbiy floti qanotli raketalar yordamida 26 zarba berdi. Ushbu zarbalar terrorchilarning qo‘mondonlik punktlarga, qurol-yarog‘ omborlariga, aloqa va tayorlov markazlariga berildi.  

Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyad Haddadnig so‘zlariga qaraganda zarbalar aniq terrorchilar istehkomlariga tegmoqda va ushbu kunga qadar IShIDning 40% harbiy infraqurilmasi yo‘q qilingan.

Operatsiyada Rossiyadan boshqa Suriya, Eron va Iroq mamlakatlari qatnashmoqda. Ushbu mamlakatlar terrorchilar haqidagi barcha ma’lumotlarni va razvedka xabarlarini birlashtirish uchun Bog‘dodda axborot markazi ochilgan. Harbiy aviatsiya va flot zarbasi uchun nishonlar ushbu markaz ma’lumotlari asosida belgilanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0