O‘zbek jaz musiqasi sadolari Izmaylovo Kremlida jaranglaydi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMoskvadagi Izmaylovo Kremli
Moskvadagi Izmaylovo Kremli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvaning Izmaylovo kremlida bo‘lib o‘tadigan O‘zbeklar kechasida (Uzbek Party) o‘zbek etno jaz guruhi SATO qatnashadi.

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Shanba kuni 24-oktabrda Moskvning Izmaylovo Kremlida O‘zbek jaz musiqasi kechasi tashkil qilinadi. Ushbu kecha O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi tomonidan tashkil qilingan.

Musiqa kechasida Rossiya jamoat arboblari, siyosatchilari va jurnalistlar qatnashadi. Albatta “Art-Kremlga” o‘zbek diasporasi vakillari ham taklif qilingan.  

O‘zbek jaz musiqasning barno va xushovoz maqomlari doimo milliy uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Ushbu musiqada milliy urf-odatlar va xalq ijodi oynada ko‘ringandek aks etadi.

Ushbu kun mehmonlar uchun SATO musiqa chaladi. Ushbu ansambl Farg‘onada 1970-yillarda paydo bo‘lgan. Ushandan beri musiqachilar ijodi tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Takrorlanmas, milliy o‘zlik xususiyatlarga ega bo‘lgan kompozitsiya va improvizatsiyalar ko‘p yillar davomida nafaqat O‘zbekistonlik balki boshqa mamlakatlardagi jaz musiqasi shinavandalari qulog‘iga moydek yoqib kelmoqda.  Milliy musiqa asboblari hamohangligi hech kimni befarq qoldirmaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0