Ekspert: Rossiya va O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab turizmni birga rivojlantirishi kerak

Obuna bo‘lish
Rosturizm vakilining so‘zlariga qaraganda O‘zbekiston Rossiya turistlariga vizasiz tuzim, yuqori xavfsizlik darajasi va an’anaviy mehmondustligi bilan qiziq.

 

TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya ikki yoqlama sayohlikni rivojlantirishda juda katta imkoniyatlarga ega, deydi Rossiya turizm agentligi rahbari yordamchisi Sergey Korneyev.

Ushbu kunlarda Toshkentda Xalqaro turistik yarmarka bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yarmarkada qatnashish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Sergey Korneyev boshchiligidagi Rossiya turistik kompaniyalari delegatsiyasi Toshkentga keldi.

Biz O‘zbekiston va Rossiya orasida turizm ko‘priklari qurish uchun juda katta imkoniyatlar ko‘rayapmiz. Buyuk tarix, butun dunyoga mashhur Samarqand, Xiva va Buxoro turistik brendlari – bularning hammasi bizga tanish, rossiya sayohlari didiga mos”, — dedi Korneyev.

Aynan shuning uchun, Rossiya delegatsiyasi safiga turli regionlar va turizmning har xil segmentlaridan  25 turfirma vakillari kirgan. Ular orasida individual va guruh turizm segmentlari, biznes-turizm, tarixiy va ekologik turizm vakillari bor.  

“Biz O‘zbekistonga jiddiy reja, muddaolar va ulkan qiziqish bilan keldik. Vaholanki, bizda umumiy maqsad bor – Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish”, — dedi Korneyev.

Rosturizm rasmiysining so‘zlariga binoan, ushbu ulkan ko‘prik yirik turistlar oqimini ham Rossiyaga ham O‘zbekistonga olib kelishi mumkin. Ikki mamlakat Umumjahon Turizm tashkiloti bu boradagi s’ay-harakatlarini  qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Korneyevning fikricha, Rossiya turistlarini O‘zbekistonga chorlash uchun uch asosiy shart bor: vizasiz tuzim, mehmondo‘stdlik va xavfsizlik hamda valyuta ayrboshlash bo‘yicha kelishuv.

“Ishonchim komilki, kelajakda ushbu sohada bizni ulkan muvaffaqiyatlar kutmoqda”, — deb so‘zini yakunladi Sergey Korneyev.  

Rossiyaliklarni har doim ushbu qadimiy joylarning tarixi qiziqtirgan. Oldingi Sovet Ittifoqi davrida ularning nomi til uchida bo‘lgan. Turizm uchun til birligi va an’anaviy sharqona uyg‘unlikka qiziqish katta ahamiyatga ega.

 

Yangiliklar lentasi
0