TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan saylovni ochiq va demokratik deb tan baholadi, ShXT vakolatxonasi Bosh kotibi muovini Sobir Imandosov.
Kuzatuvchilar: Qirg‘izistonda saylovni kuzatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Qirg‘izistonda parlament saylovi yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Parlamentdagi 120 o‘ringa 14 partiya da’vogar. Yangi qonun chiqaruvchi organ tartibga o‘tish uchun partiyalar 7%dan ko‘p ovoz olishlari va mamlakatning har bir hududida 0,7% dan ko‘proq saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. MDH davlatlari vakillari xabar berishicha saylov milliy va xalqaro qonunlarga muvofiq ravishda o‘tkazildi.
“ShHT vakolatxonasi bo‘lib o‘tgan saylovni ochiq va demokratik deb tan oldi. Konstitutsion qonunlar buzilshi kuzatilmadi. Saylov Qirg‘iziston qonunlarga va xalqaro talablarga mos ravishda bo‘lib o‘tdi”, — dedi Imandosov.
Uning so‘zlariga qaraganda ShHT kuzatuvchilari ovoz berish paytida mamlakat poytaxtida joylashgan 66 saylov uchastkasida bo‘lishdi. “Qirg‘iziston hukumati saylovni kuzatish uchun barcha sharoitlarni yaratib berganligini” Imandosov alohid ta’kidlab o‘tdi.