Suriyada yana bir tarixiy obida portlatildi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishPalmira Zafar darvozasi xarobalari
Palmira Zafar darvozasi xarobalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jangarilar Palmirada joylashgan 2000-yillik Zafar darvozasini portlatishdi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik.Islom davlati guruhi jangarilari Suriyada yana bir qadimiy yodgorlikni — Palmirada joylashgan 2000 yoshli Zafar darvozasini portlatishdi, Suriya Madaniy me’rosi va tarixiy muzeylar uyushmasi direktori Maamun Abdel-Karim Sputnik agentligiga  xabar berishiga ko‘ra.  

Jangarilar katta miqdorda portlovchi moddalar joylashtirayotganini guvohlar ko‘rgan. Direktorning so‘zlariga qaraganda bu tarix uchun katta yo‘qotish. “Jangarilar qadimiy Bel va Baal-Shamina ibodatxonalarini, qadimiy maqbaralarni yo‘q qilgandan keyin Zafar darvozasini portlatish kutilgan hodisa edi”, — deydi Abdul-Karim.

Abdul-Karim jangarilar Palmira shahrini butunlay yo‘q qilishidan xavotirda, faqat Suriya armiyasi, Rossiya Havo-kosmik kuchlari yordamida darhol hujumga o‘tsa faloktni oldini olish mumkin, — deydi Suriya muzeylari rahbari.

Palmira – qadimiy yunon tilda — palmalar shahri. Hozirgi kunda Palmira Suriya markazida joylashgan qishloq, bo‘lib unda antik Yunon me’morchiligining yetuk namunalari hisoblangan ulug‘vor va hashamatli binolar xarobalari joylashgan. Eramizning II asrda Palmira Rim imperiyasining eng boy shaharlardan biri bo‘lgan. Usha zamon tarixchilari uni “Cho‘l kelinchagi” deb atagan.

Balandligi 20 metr bo‘lgan Zafar darvozasi eramizning 2-asri oxirida, imperator Septimiya Severa tomonidan Rim me’morchiligi uslubida qurilgan. Palmira Suriyada YuNESKO umumjahon madaniy me’rosi ro‘yxatiga kiritilgan olti tarixiy yodgorliklardan biri.  

 

Yangiliklar lentasi
0