Rossiya MV "ID" inshootlariga berilgan yangi zarbalarni ko‘rsatdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishRossiya samoltlari Suriyaning "Xmeymim" aerodromida
Rossiya samoltlari Suriyaning Xmeymim aerodromida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi “ID”ning harbiy inshootlariga berilgan zarbalari videolavhalarini YouTubeda ko‘rsatdi.

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Bugun Rossiya Mudofaa vazirligi Su-34 va Su-24 samolyotlari tomonidan Suriyaning Rakka va Djisr-Esh-Shugura aholi punktlari yaqinida joylashgan “ID” jangarilari yer osti boshqaruv punktlari va o‘q-dori omboriga berilgan zarbalar videolavhalarini ko‘rsatdi, RIA Novosti xabari asosida.   

YouTube portalida namoyish etilgan ushbu videolavhada  Su-34 samolyoti BETAB-500 beton-teshar aviabombasi bilan nishonga aniq zarba berishi natijasida, Rakka yaqinida joylashgan “ID”ga tegishli yer osti qo‘mondonlik punkti yo‘q qilinishi ko‘rsatilgan. 

Yana bir videolavhada Su-24M samolyoti Djisr-Esh-Shugur yaqinidagi tog‘li hududda joylashgan qurol-yarog‘ omboriga berilgan zarbasi ko‘rsatilgan. Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra “bunkerdagi kuchli portlash, ushbu istehkomda terrorchilar tomonidan katta miqdorda o‘q-dori saqlanganligini bildiradi”. 

Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning bayonotiga ko‘ra Rossiya HKK tomonidan o‘tgan kecha-kunduz davomida 20dan ortiq jangovor parvozlar amalga oshirilib “ID” terrorchilarining 9 istehkomiga zarba berildi. 

Terrorchilar o‘rnashib olgan hududlardagi nishonlar Suriya va Rossiya razvedka ma’lumotlari, sputniklar va uchuvchisiz samolyotlar yordamida olingan ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Suriya hukumati rasmiy murojaatiga binoan ushbu arab respublikasiga terrorchilar bilan kurashishda harbiy yordam ko‘rsatmoqda. Ushbu jangovor operatsiyani Rossiya, Eron, Iroq va Suriya davlatlari birgalikda amalga oshirmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0