Putin Suriyada tinch aholi qurbon bo‘lganligi haqidagi xabarlarni inkor qildi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy havo operatsiyasi davomida tinch aholi orasidagi qurbonlar haqidagi xabarlarni inkor qildi.

Putin OAV ushbu xabarlar tarqatilishini, axborot urushi dedi va ular Rossiya samolyotlari osmonga ko‘tarilishidan oldin paydo bo‘lganligini aytdi.

“OAVda  e’lon qilingan, tinch aholi zarar ko‘rayotganligi haqidagi har-xil xabarlarga kelsak, biz bunday axborot hujumlariga tayormiz. E’tiboringizni shunga qaratamanki,qurbonlar haqidagi birinchi ma’lumotlar bizning samolyotlar osmonga ko‘tarilishidan oldin paydo bo‘ldi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Prezident, boshqa davlatlar Suriya hududiga zarba berishni boshlaganiga bir yildan ko‘p bo‘ldi. Ushbu zarbalar BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasisiz va Suriya hukumatining rasmiy ruxsatisiz amalaga oshirlayotganligini alohida aytib o‘tdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi, chorshanba kuni, Rossiya harbiy havo kuchlari fuqaro infraqurilmalari yaqinida ishlatilmaganligini, barcha zarbalar Suriyadagi “ID” pozitsiyalariga, havo razvedkasi va Suriya armiyasi shtabi ma’lumotlari asosida nuqtali ravishda amalga oshirilganligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0