Ankara: yetti davlat Rossiyani Suriya muxolifatiga hujum qilishni to‘xtatishga undamoqda

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishSuriya harbiy kuchlari Xoma viloyatida harbiy operatsiyaga tayorgarlik ko‘rmoqda
Suriya harbiy kuchlari Xoma viloyatida harbiy operatsiyaga tayorgarlik ko‘rmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh, Fransiya va Germaniyaning birlashgan hujjatida, Rossiya havo hujumi, jangarilarni yo‘q qilish o‘rniga, tinch aholi orasida qurbonlarga olib keldi deyilgan.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Anqarada Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va AQSh davlatlari tomonidan tuzilgan bayonot e’lon qilindi. Unga ko‘ra ushbu davlatlar Rossiyadan Suriya muxolifatchilariga hujum qilishni to‘xtatib “Islom davlati” jangarilari bilan kurashishni davom ettirishni so‘ragan.

Rossiya Havo-kosmik qo‘shnlari ishtirokidagi jangovor operatsiya chorshanba kuni boshlandi. Ushbu operatsiya Suriya Arab Respublikasi murojaatidan keyin boshlandi va  Iroq, Eron va Suriya harbiylari bilan birgalikda olib borilmoqda.

AQSh va Saudiya Arabistoni bo‘lsa 2014-yildan beri “ID” joylashgan hududlarga zarba berib kelishmoqda. Ushbu harakatlar Suriya davlati va BMT Xavfsizlik Kengashi ruxsatisiz olib borilmoqda.

“Biz Rossiyaning Suriyadagi harbiy ishtirokidan chuqur tashvishdamiz, assosan, Xoma, Xomsa va Idlibga hujumlaridan. Ushbu hujumlar “Islom davlati”ga zarba berish o‘rniga tinch aholi orasida qurbonlarga olib keldi”, — deyilgan e’lon qilingan hujjatda.

Hujjatda aytilishicha, Rossiyaning harakatlari ushbu mojaroning kengayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday qilib yetti mamlakat hukumati Rossiyadan Suriya muxolifatchilari va tinch aholiga hujum qilishni to‘xtatib, IShID terrorchilariga qarshi kurashishni talab qilmoqda.

Mudofaa vazirligi ma’lumotiga qaraganda, Rossiya harbiy samolyotlari Suriyada 10dan ziyod nishonlarga zarba bergan va portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavod, qurol-yarog‘ ombori va terrorchilar boshqaruv punkti yo‘q qilingan. Vazirlik xabariga ko‘ra nishonlar Suriya va Rossiya razvedkalari ma’lumotlari asosida tanlanadi.

Suriyaning Rossiyadagi elchisi Rossiya zarbalari aynan jangarilar pozitsiyalariga berilayapti, tinch aholi yoki muxolifat joylashgan hududlarga emasligi tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0