Qirg‘iziston O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun suhbat maydoni tashkil qilish tarafdori

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston TIV Erlan Abdildayev
Qirg‘iziston  TIV Erlan Abdildayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hamkorlik doirasida mamlakatlar xavfsizlik, ekologiya va iqtisodiyot masalalarini muhokama qilishlari mumkin.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Qirg‘iziston regionda siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida suhbat maydoni tashkil qilishni taklif qildi. Ushbu taklifni mamlakat bosh vaziri Erlan Abdildayev kiritdi.

O‘zining BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida vazir O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, har taraflama, siyosiy suhbatning “haqiqatdan yo‘qligini” ta’kidladi.  Bu hududagi muammolarni chuqurlashtiradi, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga xalal beradi. Tarqoqlik sabablaridan biri, Abdildayev fikricha, O‘rta Osiyodagi chegara muammolari.   

“Umumiy muammolarga ega bo‘la turib, bizning mamlakatlar xalqaro maydonlarda birga kurashmaydilar, ushbu muammolarni yechish uchun bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmaydilar. Biz aminmizki, bugun O‘rta Osiyoning besh mamlakati ishtirokida, keng suhbat maydoni tashkil qilish vaqti keldi”, — dedi.

Abdildayevnig fikricha, bunday hamkorlik savdo-sotiq, iqtisod, chegara, energetika, suv zahiralaridan foydalanish, ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalarini muhokama qilish imkonini bergan bo‘lardi. Qirg‘iziston vaziri O‘rta Osiyo mamlakatlari rahbarlaridan ushbu taklif haqida o‘ylab ko‘rishni so‘radi.

 

Yangiliklar lentasi
0