Galina Ivanushkina: Hatto ikkichilar ham menda yaxshi xotiralar qoldirdi

© Karim PulatxanovPedagog Galina Ivanushkina
Pedagog Galina Ivanushkina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-oktabr Ustoz va Murabbiylar kuni. Sputnik muxbiri ham o‘z o‘qituvchisini bayram bilan tabrikladi.

Toshkent, 1-oktabr — Sputnik.  Ivanushkina Galina Ivanovna bir qancha o‘quvchi va studentlar avlodini tarbiyalagan pedagog, o‘qituvchi. 

O‘zining 40-yillik ish faoliyati davomida Galina Ivanovna O‘zbekiston o‘qitish tizimida umumiy o‘rta ta’lim maktabidan O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining tilshunoslik bo‘limi o‘qituvchisi darajasigacha ko‘tarildi.

Bugun, O‘zbekistonda Ustoz va murabbiylar kunida, xizmatlari uchun nafaqa olayotgan Galina Ivanovna bilan Sputnik muxbiri suhbatlashdi. 

Galina Ivanovna dars bergan vaqtlarini mamnuniyat bilan eslaydi. Uning telefoni erta tongdan tinim bilmaydi, sobiq o‘quvchilari va talabalari bayram bilan tabriklab telefon qilishmoqda. 

«Zamonaviy o‘rta va oliy maktablar O‘zbekistonda uzoq rivojlanishi yo‘lini bosib o‘tdi. Men, albatta, sovet maktabida ishlashni boshlaganman, hozirga paytda ko‘p narsa butunlay o‘zgardi. Ta’lim  talablari, dasturlar, standart va texnologiya hamda ta’lim muhitining o‘zi o‘zgardi» deb o‘z fikrini bildirdi Ivanushkina. 

Misol uchun o‘qituvchi timsolini olsak, avval ushbu obrazning o‘zi o‘qish jarayonida muhim o‘rin egallar edi. Hozir bo‘lsa, taraqqiyot va texnologiyalar asrida, siz kompyuter texnologiyalari, internet va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bilan tanish bo‘lmasangiz, o‘qituvchilik kasbiga da’vo qilish qiyin, deb hisoblaydi pedagog.

Ivanushkinaning fikriga ko‘ra, o‘qituvchi bugun ham katta majburiyat va ma’suliyat yuklangan muhim shaxs. 

Zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalar, bugungi kun o‘qituvchisiga, ta’lim jarayonini g‘ayrioddiy, zavqli va qiziqarli qilish uchun katta imkoniyatlar berayapti, lekin, o‘qituvchi uchun ushbu zamonaviy texnologiyalar bilan haddan ziyod qiziqib ketib, asl bilimlar yo‘qolib yo chetda qolib ketmasligi kerak. 

Yoshlar bilan ishlash – taqdir sovg‘asi. 

Galina Ivanovna, endi ishni boshlagan vaqtlarini, yuragida titroq va katta hayajon bilan ilk bor rus tili darsi o‘tishga kirganini eslaydi. Ushanda bolakaylarga uni eshitish qiziq bo‘larmikan, o‘tirgan komissiya a’zolarining qarori qanday bo‘larkin, deb qanchalik hayajonlanganini eslaydi. 

 «Yildan yil o‘tishi bilan o‘z kasbimga muhabbatim oshib bordi, o‘zimni maktab va o‘quvchilarsiz tassavvur qila olmaydigan darajada. Shunday bo‘lsada men rivojlanishni, olimlik unvonini olgim kelardi. O‘qishimni davom ettirib kandidantlikni yoqlab, oliy o‘quv yurtida talabalarga dars bera boshladim. Albatta bu butunlay boshqa talab, boshqacha uslub. 

Galina Ivanovnaning o‘quvchilaridanko‘pchilligi bugungi kunda ilg‘or mutaxassislarga aylangan – tadbirkor, artist, quruvchi yoki pedagog. Ular uchrashgan paytlarda albatta eslashga arzigulik biror kulguli voqea topiladi, chunki o‘sha vaqtlarda qiziqarli voqealar ko‘p bo‘lgan.

Yosh avlod bilan ishlash – bu taqdirning sovg‘asi. Chunki o‘quv jarayonida ularga bilib berishdan tashqari, o‘zing ham ulardan yoshlikning ijobiy quvvatini, ilmga bo‘lgan tashnalikni tuyasan. Sinfda yoki auditoriyada berilgan har qanday ilmoqli savol, o‘z ustingda yanada ishlashga, o‘zingda ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga turtki bo‘ladi. 

«Albatta ikkichi o‘quvchilar ham bor edi, lekin hatto ular ham menga ko‘p yaxshi taasurotlar qoldirishgan. Hozir ularning ko‘pchiligi salobatli «amakilar»ga aylangan. Bayramlarda kelib, tabriklab turishadi», deydi muallim. 

Galina Ivanovna – o‘qituvchilik bu, odamlarga har doim kerak bo‘ladigan abadiy kasbligiga ishonchi komil. Chunki o‘sib ulg‘ayayotgan yosh avlodning qanday kamol topishi, taqdiri qanday bo‘lishi aynan o‘qituvchiga bog‘liq. 

Bugungi kunda, insoniyat o‘z farzandining tarbiyasini ilm olishiini kimga ishonib topshirishi, muhim savollar orasida eng ustuni bo‘ladi.

Komputer o‘z yo‘liga, o‘qituvchilar bo‘lsa doimo kerak. Ularning o‘rnini hech kim bosa olmaydi, dedi so‘zining oxirida Galina Ivanushkina. 

 

Yangiliklar lentasi
0