O‘zbekiston import miqdorini 5,7 mlrd dollarga kamaytirmoqchi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘zlashtirish dasturi bo‘yicha 600ga yaqin loyhalar amalga oshirilmoqda, buning evaziga 1,2 ming xil mahsulotni eksport qilish imkoni paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2015-2019 yillar mobaynida chet eldan olib kelinadigan mahsulotlar hajmini 5,7 mlrd dollarga  qisqartirmoqchi, deyilgan Iqtisod vazirligi hisobotida.

Hukumat bosqichma-bosqich o‘zlashtirish dasturini amalga oshirish evaziga O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarini ichki xom ashyo manbaalariga yo‘naltirishni ko‘zda tutgan. Ushbu rejalar besh yillik o‘zlashtirish dasturiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida e’lon qilindi.

O‘zlashtirish dasturi Respublikaning har bir viloyatida amalga oshiriladi. Ushbu choralar natijasida 13 ming ish o‘rinlari yaratiladi va Respublika budjetidan har yili 3,5 mlrd dollar tejab qolinadi.   

Hisobotda qayd etilishi bo‘yicha, o‘zlashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va bojxona soliqlaridan ozod qilinadi.  

2016 yilda, 31 loyha amalga oshirilib, 183 mln dollarlik  mahsulot ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, Usturt gaz-kimyo majmuasida polietilen va polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarish ham amalga oshirili rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0