TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Leningrad oblasti Qonun chiqaruvchi kengash deputati Vladimir Petrov Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritmoqchi. Uning taklifi bo‘yicha o‘rmonda kabob yoki barbekyu pishirishni istagan fuqarolardan 500 rubl to‘lov olinishi kerak, RIA Novosti "Izvestiya" gazetasi xabari asosida.
Ushbu soliqni mutasaddi tashkilotlarga to‘lash kerak bo‘ladi. To‘lov evaziga olingan litsenziya uch oy muddatga amal qiladi.
“Agar dam oluvchi litsenziyasiz olov yoqsa, o‘rmon xo‘jaligi xodimi kerakli tashkilotlarga xabar beradi va ular aybdorni javobgarlikka tortib, 5000 rubl jarima solishi mumkin“, deb qonun loyhasi avtori so‘zlarini keltiradi gazeta.
O‘rmonga, o‘tin kesish, o‘t-o‘lanlar yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va ov qilish uchun kelganlar ham soliq to‘lashadi.
Shimol, Sibir va Uzoq Sharqning kam sonli tubjoy aholilari ushbu soliqdan ozod qilinadi.
Deputatning so‘zlariga qaraganda, tabiat qo‘ynida ko‘pchilik olov yoqadi, va aynan shu holat o‘rmonlar yemirilishi va ularning suv va yer asrash xususiyatlarini kamaytiradi.