Saudiya Arabistoni BMTdan Suriya hududiga zarba berishni to‘xtatishni talab qildi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishSuriya mojarosi
Suriya mojarosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya jangovor aviatsiyasi, Suriya davlati murojaatidan keyin, “Islom davlati” joylashgan hududlarga zarba bera boshladi.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Saudiya Arabistoni Rossiyaning Suriyadagi hatti harakatidan xavotirda, RIA Novosti "Al-Arabiya" telekanali xabari asosida xabar berdi.

Mamlakat vakili Abdallu al-Muallimi shunday ariza balan BMT Bosh assambleyasida so‘zga chiqdi.

AQSh va Saudiya Arabistoni 2014-yildan beri “ID” joylashgan hududlarga zarba berib kelishmoqda. Ushbu harakatlar Suriya davlati va BMT Xavfsizlik Kengashi ruxsatisiz olib borilmoqda.

Rossiya Havo-kosmik qo‘shnlari ishtirokidagi jangovor operatsiya chorshanba kuni boshlandi. Ushbu jangovor operatsiya Suriya Arab Respublikasi murojaatidan keyin Iroq va Eron davlatlari bilan birgalikda olib borilmoqda.

Suriyadagi harbiy mojaro 2011-yildan beri davom etmoqda. Shu vaqtga qadar u 220 mingdan ziyod odamning umriga zomin bo‘ldi. Hukumat qo‘shshinlariga jangarilar to‘dasi qarshilik qilmoqda. Suriya hukumati hozirgi kunda davlat hududining 20%ni nazorat qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0