FMS migrantlarga beriladigan patent muddatini bekor qilmoqchi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskvaga O‘rta Osiyodan poyezd kelishi
Moskvaga O‘rta Osiyodan poyezd kelishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Patentlar muddatini uzaytirishga hujjat topshirish - ortiqcha ish deyilmoqda.

 

TOShKENT,  1 okt – Sputnik. Rossiyaning Federal migratsiya xizmati (FMS) yangi qonun loyhasini tayorladi. Unga ko‘ra chet ellik ishchilar uchun patent muddatini uzaytirish majburiyati bekor qilinishi mumkin, RIA Novosti "Izvestiya" gazetasi xabariga asosan.

Nashr xabariga ko‘ra ishchi migrantlar Rossiya hududida cheklanmagan muddat davomida qolishi mumkin.

Hozirgi paytda migrantlarga ishlash uchun patentlar bir yil muddatga beriladi. Ular ishga kirgandan so‘ng, korxona uch kun muddat ichida FMX bo‘limiga, Soliq xizmatiga xabar berishi kerak. Ushbu ma’lumotlar Soliq xizmati tomonidan ham FMXga yuboriladi. Oqibatda bir xil ma’lumotlar takroriy yuborilib ortiqcha ish qilinadi.

“Aslida yangi qonun qabul qiluvchi tomon uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytiradi va joylardagi migratsiya xodimlari ishini osonlashtiradi”, — deydi migratsiya xizmatidagi manbaa.  

Uning fikricha ish beruvchining yozma arizasi kerak bo‘lmaydi, chunki migrant haqidagi ma’lumotlarni Soliq xizmati beradi, patent muddatini uzaytirish avtomatik ravishda bo‘ladi.

 

Yangiliklar lentasi
0