Islom Karimov o‘qituvchilarni Ustoz va murabbiylar kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odatga ko‘ra O‘zbekistonda har yili 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni nishonlandi.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Islom Karimov o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi, O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra.

Davlat rahbari ustozlarga ularning mehnati uchun minnatdorchilik bildirdi va ularga baxt-saodat va kasblariga unumdorlik tilab qoldi. Prezidentning so‘zlariga qaraganda har bir inson, qayerda ishlamasin, qanday kasb egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, mustaqil hayotga yo‘llagan insonni hurmat bilan esga oladi. 

«Haqiqatan ham, o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini bag‘ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo‘’tabar, onadek mehribon siz, aziz ustozlarning hyech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi», — dedi Prezident.

Islom Karimov, yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha, davlat oldida turgan asosiy vazifalarni eslatib o‘tdi. Jumladan Prezident “yosh avlodni eski zamonning aqida va qoliplaridan ozod, hozirgi o‘zgaruvchan zamon bilan birga qadam tashlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, rivojlangan davlarlardagi hamyoshlari bilan barobar bellasha oladigan, doimiy izlanishda bo‘lgan, o‘z yurti va o‘z xalqi bilan mag‘rurlanib yashaydigan qilib tabiyalashimiz kerak”, — dedi.    

Davlat rahbari, bundan 18-yil oldin qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004-yilda tasdiqlangan Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi, faqat ta’lim tizimini emas,  balki butun jamiyat hayotini keskin o‘zgartirib yuborganiga, bugun yaqqol guvoh bo‘lmoqdamiz.

«Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangi barpo etilgan va qayta qurilgan 10 mingga yaqin maktablarda, 1556 ta litsey va kollejlarda, 70 dan ziyod oliy o‘quv yurtlarida — yangi ta’lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lib, hayotda o‘z munosib o‘rnini topmoqda. Bu mamlakatimiz ta’lim modelining samarasi va raqobatdoshligini xalqaro maydonlarda yaqqol namoyon etmoqda», — dedi prezident tabrik so‘zida.

Shu bilan birga prezident, zamon talabiga javob berish va dunyoning yetakchi OTMlari bilan baravar qadam tashlash uchun, yangi texnologiyalardan o‘quv jarayonida foydalanishning muhimligini, ta’kidladi.

Bundan tashqari davlat rahbari bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash muammosiga alohida e’tibor qaratib, bu borada respublikada bir necha dasturlar amalga oshirilayotganligini aytib o‘tdi.

Islom Karimov yoshlar tarbiyasi mavzusiga ham to‘xtalib, tashqi mafkuraviy xavflarga qarshilik ko‘rsatishning muhimligini ta’kidladi.

Hammaga ma’lumki, mafkuraviy, tarbiyaviy sohada hyech qachon bo‘shliq bo‘lmaydi. Agar bunga ozgina imkon bersak, paydo bo‘lgan bo‘shliqni darrov bizning dunyoqarashimiz va ruhiyatimizga yot kuchlar egallab oladi”, — deb ogohlantirdi Karimov.

Shu sabab bilan u jamoatchilikdan yosh avlodni eksremistik va terrorchilik tashkilotlar ta’siridan saqlashni so‘radi.

Nutqining oxirida Prezident ustoz va o‘qituvchilarga ularning mehnati uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirdi va kelgusi ishlarida omadlar tiladi.  

Yangiliklar lentasi
0