TOShKENT, 30 sen – Sputnik. "RIA Reyting" MDH davlatlari banklari orasida eng katta 200 bank reytingini tuzdi. Ular orasida 9 o‘zbek banki bor: Milliy bank, Agro bank, Asaka bank, Ipoteka bank va boshqa banklar.
O‘zbekistonning eng yirik banki ushbu reytingda 43 o‘rinni egallagan Milliy bank, 61 o‘rinda O‘zsanoatqurilish banki. 86 o‘rinda Asaka bank, undan keyin Qishlok Qurilish banki, Ipoteka-Bank, Xalq banki, Agrobank, KRB banki va 191 o‘rinda Hamkorbank.
“RIA Reyting” mutaxassislari fikriga qaraganda, MDH banklari faoliyati oxirgi yil davomida susayib, ularning aktivlari dollar hisobida 21,3 % ga qisqardi. Ular aytishiga qaraganda, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2012, 2013-yillarda 23,1 va 9,3 foizga o‘sish kuzatilgan edi.
“RIA Reyting” mutaxassislari ushbu reytingni "Sochi-2015" Xalqaro sarmoyalar forumiga arafasida tayorladilar. Forum oktabr boshida bo‘lib o‘tishi kerak.