TOShKENT, 30 sen Sputnik. Afg‘oniston shimolida, Qunduz shahrida AQSh Harbiy havo kuchlari hujumi natijasida “Tolibon”ning 160dan ziyod jangarisi yo‘q qilindi, RIA Novosti TOLO News xabariga asosan.
Dushanba kuni 300ming aholiga ega bo‘lgan Qunduz shahri jangarilar tomonidan egallab olingandi. Seshanba kuni ertalab Afg‘onston Mudofaa vazirligi Qunduzni ozod qilish operatsiyasi boshlanganligi haqida xabar berdi. Hukumat qo‘shinlarining birinchi hujumi natija keltiimadi.
Viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Fayz Muhammad Amirning so‘zlariga qaraganda, seshanba oqshom “Tolibon” jangarilari shahar aeroportini egallab olishga harakat qildi. Bir necha soat davom etgan jangda hukumat qo‘shinlari jangarilar hujumini qaytario‘a muvaffaq bo‘lishdi.
“Jangarilar hukumat qo‘shinlari javobidan keyin chekinishga majbur bo‘ldi. Harbiy qo‘mondonlar havo orqali yetib kelishdi. Endi quruqlik qo‘shinlarini kutayapmiz”, g‘ dedi Amiri. Uning gaplariga qaraganda, jangarilar katta talofat ko‘rgan.
“Tolibon” jangarilari shu yilning Aprel oyining oxiridan boshlab faollik ko‘rsata boshladi. O‘shanda ular Qunduz shahrini o‘rab olishgandi. Hukumat xabariga qaraganda, “Tolibon” bilan yonma-yon “Islom davlati” tarafdorlari ham jang qilmoqda.