O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasida yana mojaro yuz berdi

Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekiston chegarachisiga tan jarohatlari yetkizishdi.

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Farg‘ona viloyati, Toshtepa aholi punkti yaqinida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari orasida to‘qnashuv bo‘ldi, O‘zbekiston MXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili xabariga ko‘ra.

28 sentabr kuni, soat 12:00 atrofida ikki qirg‘iz harbiysi O‘zbekiston chegara chizig‘ini kesib o‘tgan. O‘zbekiston chegarachilari ulardan birini ushlab olgan, ikkinchisi bo‘lsa o‘z hududida yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.  

“Qo‘lga olingan chegarabuzar qattiq qarshilik ko‘rsatgan, oqibatda bir o‘zbek harbiysi boshidan jarohat olgan va hushini yo‘qotgan”, — dedi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga qaraganda shu vaqtda Qirg‘iziston hududidan bir to‘da mahalliy aholi yordamga kelgan, ular hushini yo‘qotgan o‘zbek chegarachisini olib ketishgan.

“Qirg‘izlar yaralangan harbiyga nafaqat jarohatlar yetkizishgan, balki undan jangovor patronlarni, pichoq-nayza, qo‘l soati va boshqa buyularini tortib olishgan”, — dedi u.

Keyinroq o‘tkazilgan kelishuv natijasida o‘zbek chegarachisi Vataniga qaytarilgan va shifoxonaga yotqizilgan.

“Biz jabrlangan harbiyning tanasida ko‘plab jarohatlar topdik. Xususan uning boshida katta yara, yuzida va tanasining boshqa joylarida ko‘plab lat yegan va momotaloq bo‘lgan joylar bor. Hozir uning ahvoli “o‘rta og‘ir”” – dedi  tuman shifoxonasi Bosh vrachi.

Harbiyning buyumlari jangovor patronlar, pichoq-nayza, soat va shaxsiy nomeri yozilgan jeton Qirg‘iziston fuqarolarida qolgan.

Yangiliklar lentasi
0