TOShKENT, 30 sen – Sputnik. G7 mamlakatlari va Fors ko‘rfazi mamlakatlari BMTga 1,8 mlrd. Dollar ajratishadi. Ushbu mablag‘ Yevrpadagi qochqinlarga yordam sifatida ishlatiladi, dedi Germaniya TIV Frank-Valter Shtaynmayer.
Xususan Germaniya ushbu xarajatlarga 100 million Yevro ajratadi.
“Biz BMTning qochqinlar boshqarmasiga va Butunjahon oziq-ovqat dasturiga 1,8 mlrd dollar ajratishga kelishib oldik”, — dedi ministr.
BMT sammiti doirasida Nyu Yorkda 29-sentabr kuni qochqinlarni qabul qilish va va qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda G7 mamlakatlaridan tashqari Avstriya, Niderland, Norvegiya, Shvetsiya, Shveysariya, Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya va BAA mamlakatlari qatnashishdi va qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratishga kelishib olindi.
Dunyodagi hozirgi migratsiya muammosi Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng katta deb tan olingan. YeI mamlakatlari yaqin ikki yil ichida o‘z hududida majburiy holda 160 ming qochqinlarni qabul qilishi kerak.
O‘tgan haftada, Germaniya kansleri Angela Merkel aytishiga qaraganda, Yevropa mamlakatlari qochqinlar muammosini yechishda birinchi qadamni qo‘ydi. Lekin migratsiya muammosini to‘liq yechishga hali uzoq. Uning gaplariga qaraganda butun dunyo bo‘ylab 60 million odam haqida gap ketayapti.