TOShKENT, 29 sen – Sputnik. 28-sentabr ertalab soat 7:30larda notanish shaxs tomonidan AQSh elchixonasi hududiga yondiruvchi aralashma solingan ikki moslama irg‘itildi. Ulardan biri portladi. Natijasida hech kim zarar ko‘rmadi, AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xabariga ko‘ra.
Bu vaqtda elchixona hali ishini boshlanmagan edi, shuning uchun u yerda hali odam kam edi. Yuz bergan voqea natijasida elchixona ishini taxminan bir soatga to‘xtatdi.
Hozirgi kunda hukumat vakillari bilan birgalikda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Elchixona ishini to‘liq davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz oxirgi marta O‘zbekistondagi AQSh elchixonasiga oxirgi marta 2004-yilda tajovuz bo‘lgandi. Ushanda portlovchi modda ishlatilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi.