TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Rossiya va AQSh rahbarlari oxirgi ikki yil davomida birinchi uchrashuv o‘tkazishdi. Yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Suriya va Ukraina muammolari muhokama qilindi.
Vladimir Putin uchrashuvda Rossiya Suriya hukumatini “ID”ga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini, lekin Rossiya quruqlikdagi harbiy operatsiyalarda qatnashmasligini aytdi.
Prezidentlar Rossiya va AQSh harbiylari orasida, jiddiy muammolar kelib chiqmasligi uchun, muloqot o‘rnatish haqida kelishib olishdi.
Ukraina masalasiga kelsak, Putin ushbu mojaroni yechishda AQShning roli juda zarurligini ta’kidladi, chunki “AQSh Kiyev hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda”.