O‘zbekistonda Android One smartfonini ishlab chiqariladi

© GoogleSmartfon Android One
Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Google O‘zbekiston bozorini eng tez rivojlanayotgan va chet el sarmoyalari uchun eng ma’qul deb topdi.

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Artel kompaniyasi oktabrda Google smartfonlarini ishlab chiqara boshlaydi, deb xabar berdi gazeta.uz  

Android One smartfoni Google injenerlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, eng zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan.

Xususan, smartfon zamonaviy Qualcomm Snapdragon 410 nomli to‘rt yadroli 64-bitli protsessor, Adreno 306 video protsessor bilan jihozlanadi. 
Operativ xotira hajmi 2 Gb, o‘rnatilgan flesh-xotira hajmi 16 Gbni tashkil qiladi. Asosiy fotokamera 13 Mega piksel, oldi fotokamera 5 Mpiksel. Ekran — 5 dumli, 1280 x 720 nuqtaga ega bo‘lib Gorilla Glass 4 bilan himoyalangan. Aloqa sifati esa — LTE, ya’ni 4chi avlod uyali aloqa tezligida ishlashi mumkin.

Smartfonda Android dasturining eng yangi, Android 5.1.1 Lollipop nusxasi o‘rnatilgan bo‘lib, unga ikki yil davomida avtomatik yangilash huquqi beriladi. 

Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan smartfonlarga, sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi.

AQShning Google kompaniyasi vakillari 2015-yilning fevralida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va O‘zbekistonga tashrif buyurib ushbu mamlakatlar bozorlarini o‘rganib chiqishdi. Iyul oyidan boshlab Google O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni boshladi.

 

Yangiliklar lentasi
0