TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiya tele hamda radio dasturlar boshlovchisi Aleksey Ostudin hozirgi kunda O‘zbekiston MY5 telekanali uchun yangi dasturlar tuzish ustida ishlayapti.
MY5 telekompaniyasi xodimlari uchun yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada rossiyalik boshlovchi ham qatnashgan edi. Anjuman unumli o‘tganligi tufayli, Aleksey Ostudin O‘zbekistonlik hamkasblari bilan ishlashni davom ettirishini Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
“Trening shu darajada unumli bo‘ldiki, hozirgi kunda MY5 telekanali uchun yangi dasturlar ishlab chiqarish va efirga kiritish borasida maslahat berishim va amaliy xizmatlar ko‘rsatishim haqida gap ketayapti”, dedi Ostudin Sputnik muxbiriga.
Asosiy maqsad — bu bir necha tok-shou, musiqaviy va ko‘ngil ochar dasturlar tayorlash. Ularning tafsilotlari albatta sir.
Dasturlar premerasi oktabrda bo‘ladi. Hozir, Ostudinning so‘zlariga binoan, birga ishlash uchun uning O‘zbekistonga bo‘lg‘usi tashriflar rejasi tasdiqlangan. Ya’ni, kelajakda nima ish qilishimiz aniq rejasi ma’lum.
“Men, umuman olganda, xurofotchiman (suyeverniy). Nima bo‘lganda ham, biz rejalashtirgan dasturnng birinchi qismi shu kuzda tomoshabin e’tiboriga taqdim qilinadi. Balkim yaqin bir oy ichida”, — sirning bir qismini ochdi shoumen.
Ba’zi dasturlar noyabr oyida ekranga chiqadi va albatta telekanal tomoshabinlari uchun kutilmagan sovg‘a bu — Yangi yil dasturi.
Aleksey Ostudin MGUda o‘qib yurgan paytidanoq shou-biznesda ijodini boshlagan. O‘shanda uning ovozini “Mayak” radiostansiyasida, “Maksimum”, “Rossiya Radiosi”, “Militsiya to‘lqini” va “Rus radio”si to‘lqinlarida eshitish mumkin edi. “Xit FM” radiosida u axborot ma maxsus dasturlar direktori lavozimida ishladi. 2005-yilda Ostudin "Muz-TV" telekanalining bosh redaktori vazifasida ishladi.