Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalist Charli Rouzga AQShning CBS va PBS telekanallari uchun intervyu berdi. Intervyu BMTnng 70 chi Kengashi arafasida bo‘lib o‘tdi. Intervuda Ukraina mojarosi hamda Suriyaga ko‘rsatilayotgan yordam haqida ham so‘z yuritildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga qaraganda, Ukraina prezidenti Viktor Yanukovichdan hukumatni tortib olishda AQSh yordam ko‘rsatganligi aniq.
“Bizning AQShdagi hamkorlarimiz Yanukovichga qarshi chiqganlarni qo‘llab-quvvatlaganliklarini yashirishmayapti”, dedi prezident amerikalik jurnalist bilan bo‘lgan intervuda.
Rouzning, siz Yanukovich hukumatini to‘ntarib tashlashga AQSh aloqadormi degan savoliga, Putin “Meni bunga ishonchim komil”, — deb javob berdi.
Prezidet shuningdek “Ukrainada yashayotgan odamlar bilan minglab aloqalar” borligini ta’kidladi.
Intervyu paytida Suriya mavzusi ham ko‘tarildi. Jurnalistning “Rossiyaning Suriyaga yordam berishdan maqsadi bu Bashar Asad hukumatini saqlab qolish-mi?” degan savoliga “To‘g‘ri, shunaqa”, — deb javob berdi.
Rossiya prezidenti Rossiyaning Suriyaga yordami, hozirgi kunda Suriya hukumatiga qurol-yarog‘ yetkizib berish, harbiy mutaxassislar tayorlash va gumaniter yordam ko‘rsatish
Prezident Rossii takje otmetil, chto prisutstvie RF v Sirii "virajayetsya na segodnyashniy den v postavkax orujiya siriyskomu pravitelstvu, v obuchenii personala, v okazanii gumanitarnoy pomoshi siriyskomu narodu".
Vladimir Putinning so‘zlariga qaraganda, Suriyani kim va qanday boshqarishini,faqat Suriya xalqining o‘zi mustaqil hal qilishi kerak.