Moskvada 10-yil davom etgan yangilash ishlaridan keyin Yevropada eng katta Moskva jome’ masjidi ochildi. Masjid eski bino o‘rnida, Durov ko‘chasi va Vipolzov kichik ko‘chalari chorrahasida, “Prospekt Mira” metro bekati yaqinida joylashgan.
2011 yilda, eski bino yaroqsiz holga kelishi tufayli qayta qurilgandi. Bino qurilishiga umumiy hisobda 170 mln dollar sarflangan. Ushbu mablag‘ to‘laligicha rossiya musulmonlari xayru ehsonlari evazigi yig‘ilgan.
Bino boshqa musulmon davlatlari masjid me’morchiligi uslublariga taqlid qilmagan holda, Rossiya musulmonchiligi urf odatlariga binoan bezatilgan. Binoda barcha zamonaviy qulayliklar mujassam: ayollar uchun alohida kirish joyi, nogirodlar uchun qulayliklar va ho kazo.
Bino tashqi ko‘rinishi Kanadadan olib kelingan marmar toshlar bilan, ichkarisi oltin suvi yuritilgan naqshlar va arab tilidagi yozuvlar bilan bezatilgan. Asosiy qandil og‘irligi 1,5 tonna, eni 4,3 metr va balandligi 7,6 metrni tashkil qiladi. Uni yaratish uchun Turkiyalik 50 nafar ustalar ishlagan.
Masjidning tantanali ochilish marosimi 23-sentabrda Rossiya, Turkiya va Pokiston mamlakatlari prezidentlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Sentabrdan boshlab masjid eshiklari barcha uchun ochiq.