TOShKENT, 28 sen — Sputnik. 27-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu Yorkda Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan uchrashuv o‘tkazdi, O‘zbekiston TIV matbuot xabariga ko‘ra.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Shu bilan birga 2016-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan IHT a’zolari TIV kengashiga tayorgarlik hamda O‘zbekistonning ushbu kengashdi raislik amaliy masalalari muhokama qilindi.
IHT 1969-yilda 25 musulmon davlati ishtirokida tashkil qilingan. Hozirgi kunda IHTga 57 mamlakat a’zo va ushbu tashkilot eng yirik va eng nufuzli rasmiy islomiy tashkilot.
Eslatib o‘tamiz, hozir Nyu Yorkda BMT Bosh assambleyasi kengashi bo‘lib o‘tmoqda. Abdulaziz Kamilov 25-sentabrda ushbu kengashda so‘zga chiqarkan Orol muammosi va uning oqibatlari haqida so‘zladi. BMT Bosh sekretari Pan Gi Mun bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Bosh kotib Orol muammosi asoratlarini kamaytirishda O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.