TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon mamlakatda yaqinda bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqealarda “chet ellik buyurtmachilar” qo‘li borligini ta’kidladi.
Sentabr o‘rtalarida Tojikistonda hukumat harbiy kuchlari tomonidan maxsus operatsiya o‘tkazilgandi. Ushbu operatsiya natijasida sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda va jangarilar guruhi yo‘q qilindi. Hukumat xabariga binoan, ushbu guruh Dushanbe va Vaxdatda joylashgan IIB bo‘limlariga hujum uyushtirganlikda ayblangan. Hujum natijasida 9 militsiya xodimi qurbon bo‘lgandi.
Davlat rahbari “sotqinlar va ularning chet ellik egalarining jinoiy rejalari, tojik xalqi va harbiy kuchlarining mardligi tufayli amalga oshmadi”, — dedi.
Tojikiston Islom qayta to‘g‘ilish partiyasi rahbari Muhiddin Kabiri (hozir chet elda) ham ushbu fojeaga aloqador deb topilgan. Undan tashqari ushbu partiya boshqaruv qo‘mitasi a’zolaridan yana 13 kishi Dushanbeda hibsga olingan.