TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev Toshkentda 74 yoshida vafot etdi, "O‘zbekkino" xabariga asosan.
O‘lmas Alixo‘jayev 1941-yil Urganchda tug‘ildi, 1964-yilda Toshkent Teatr va san’at institutini tugatdi.
1969 yil Abdulla Qodiriy qissasi asosida sur’atga olingan “O‘tgan kunlar” filmida Otabek rolini o‘ynagan.
O‘lmas Alixo‘jayev shuningdek “Olovli yo‘llar” filmida Hamza Niyoziy rolini ham ijro etgan.