Tashkent Open ga 30 mamlakatdan tennistchilar keladi.

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishTennis to‘pi
Tennis to‘pi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkent Open O‘zbekistonda sentabr oxirida bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Tashkent Open xalqaro ayollar tennis turnirida dunyoning o‘ttizdan ziyod mamlakatidan qatnashchilar keladi, turnir matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Musobaqa qatnashchilari orasida WTA reytingi bo‘yicha dunyoning eng kuchli 100 tennischisi ro‘yxati dan o‘rin olgan 17 tennischi ayol ham qatnashadi. Ular orasida: Germaniyalik Karina Vittoyeft, Annika Bekk, Shvetsiyalik Djoanna Larsson va Rossiyalik Margarita Gasparanlar ham bor.

O‘zbekiston jamoasi sharafini bu musobaqada Sabina Sharipova, Nigina Abduraxmonova va Akgul Amanmuradovalar  himoya qilishadi. Ushbu tennischilar o‘tgan turnirda yaxshi o‘yin qo‘rsatishgan. Musobaqada O‘zbekistonning yosh tennischilari ham qatshadi.

Kvalifikatsiya matchlari 26-27 sentabrda, asosiy o‘yinlar 28-sentabrdan 3-oktabrgacha o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0