Ayatulla Xomeyni: Makka yaqinidagi falokat – Saudiya hukumati beparvoligi oqibati.

Obuna bo‘lish
Eron rahbari so‘zlariga qaraganda, ushbu fojea ortida turgan beparvolikka munosib baho berilishi kerak.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik.  Eron bosh rahbarii Ayatulla Ali Xomeynining so‘zlariga qaraganda, Makka yaqinidagi Mina vodiysida ro‘y bergan, 700 dan ziyod odamning umriga zomin bo‘lgan fojeaga Saudiya Arabistoni rahbariyatining “befarqligi” va “noto‘g‘ri hatti-harakati” sabab bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti Eron milliy axborot agentligi (IRNA)  xabari asosida.

“Saudiya Arabistoni hukumati ushbu fojea uchun to‘liq javobgarlikka tortilishi kerak… Ushbu talofat ortida yotgan beparvolik va noto‘g‘ri hatti-harakatlarga beparvo bo‘lmaslik kerak”, — dedi Xomeyni. 

Eslatib o‘amiz Makka yaqinidagi Mina vodiysida ro‘y bergan fojea oqibatida, ziyoratchilarning ikki ulkan oqimi, ikki ko‘cha birlashgan kichik maydonda to‘qnishib ketgan va buning oqibatida kuchli tiqilinch hosil bo‘lgan. Tiqilinchda 717 kishi xalok bo‘lgan va 863 kishi jarohatlangan. IRNA agentligi xabariga ko‘ra, tiqilinchda Eron fuqarolaridan 95 kishi qurbon bo‘lgan va 150 kishi jarohat olgan.  


Yangiliklar lentasi
0