O‘zbekistonda Qurbon Hayit

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishQurbon Hayit kuni musulmonlar
Qurbon Hayit kuni musulmonlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erta tongdan millionlab o‘zbeklar, kutilgan bayramni o‘tkazish uchun machitlarga yig‘ildi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. 24-sentabr, payshanba kuni butun O‘zbekiston ahli musulmonlarning ulug‘ ayomlaridan biri Qurbon Hayit bayramini nishonladi.

Namoz o‘qiladigan markaziy machit zallari ertalabki soat to‘rtdan allaqachon band bo‘lib, machit atrofidagi ko‘chalar ham odamlar bilan to‘lgan edi.

Bayramning eng muhim hisoblangan ertalabki namozi Toshkent shahrida o‘tgan yili Qurbon hayiti arafasida ochilgan yangi «Minor» machitida o‘qildi. U Anhor darosi yoqasida joylashgan bo‘lib, 2,4 ming kishiga mo‘ljallangan. Namoz o‘qiydiganlarga qulay bo‘lishi uchun namoz vaqti poytaxtdagi machitlar yaqinidagi ko‘chalar ham yopib qo‘yildi. Shu bilan birga poytaxt hokimiyati namozxonlar uchun machitgacha bo‘lgan joyda transport qatnovini tashkil qilib berdi.

Odat bo‘yicha ertalabki namozdan so‘ng, o‘zbeklar qabristonlarga borib, u yerda yotganlar haqiga duo o‘qiydilar.

Ayollar bu bayramga bir kun oldin tayyorgarlik ko‘radilar. Bayram oldidan, albatta issiq yopilgan non hidi uyga kirishi kerak, shuning uchun uy bekalari ertalabdan non yopib, uzum va bodomdan desert tayyorlaydilar.

Bayram dasturxoniga ko‘plab ovqatlar tortiladi, lekin asosiy ovqat shu kuni qurbonlik uchun so‘yilgan qo‘y go‘shti solib pishirilgan palov.

Agar sizda shu bugun Toshkent atrofidagi ko‘chalaridan o‘tish yoki Buxoro maxalla ko‘chalari, o‘tish imkoni bo‘lganida edi, hamma joyda qurbonlikni ko‘rgan bo‘lar edingiz. 

Tushlik vaqti esa butun O‘zbekistonni yangi so‘yilgan qo‘y go‘shtidan pishirilgan bayram palovi hidi qamrab oladi. Shu kuni O‘zbekistonda yashovchi rus, tatar va boshqa millat vakillariga ham osh ulashiladi, chunki muhim milliy ananalardan yana biri bu ehson qilishdir. Qo‘shnilarga albatta bir tovoq osh bilan milliy shirinliklar olib chiqish bizning diyorimizda azaliy odat bo‘lib qolgan.

Bayramda fuqarolarni mahalla qo‘mitasi ham chetda qoldirmadi. Ular tomonidan mahalla oqsoqollari, yolg‘iz qariyalar va kam taminlangan oilalar uchun dasturxon yoziladi. Ularga har turdagi mevalar va albatta qurbonlikka so‘yilgan qo‘y go‘shtidan beriladi.

Bayram marosimi uch kunga bo‘linidi. 

Bu uch kunda albatta qariyalar, qarindoshlar holidan xabar olinib, yangi turmush qurgan yosh oilalarnikiga mexmonga boriladi. Bularning har biri o‘z ma’nosiga ega. Masalan, shu yil to‘y bo‘lib kelgan yangi kelinchak mexmonlarni, milliy kiyimda bosh egib ta’zim qilgan holda kutib oladi va ularni bayram dasturxoniga taklif etadi. Mexmonlar esa yangi uy bekasining mehmondo‘stlik mahoratini baholaydilar.

Qurbon hayit haqiqatdan uzoq orziqib kutilgan musulmonlar bayrami. Bu yana shunday kunki, hamma ginalar unutiladi, hamma hayotini farovon va to‘kin bo‘lishini orzu qiladi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining 94%, islom diniga, 3,5 % pravoslav xristian diniga va qolganlari boshqa dinlarga e’tiqod qiladi.

Respublikada 2238 ta diniy tashkilotlar, 16 ta har xil konfessiyalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shulardan 2064 tasi musulmon va 157 tasi xristian dini tashkilotlaridir.

Yangiliklar lentasi
0